DARS ISHLANMASI  

 

 

Shahrisabz tuman xalq ta’limi  bo‘limiga qarashli                         31-umumiy   o’rta  ta’lim  maktabining  boshlang‘ich sinf   o‘qituvchisi     R.Qayumovaning   sinf rahbarlari                          metod  birlahmasiga

 “    L l tovushi  va  harfi  ”  mavzusida   tayyorlagan

 DARS ISHLANMASI

 

                         Shahrisabz

 

Mavzu:   L l tovushi  va  harfi

Dars  maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad:   o‘quvchilarga  “L l” tovushi  va  garfi  bilan   tanishtirish  hamda   to‘g‘ri  talaffuz  qilishga  o‘rgatish
  2. Tarbiyaviy maqsad:

Dars  jihozi:  Harf  xaltasi,  harf  tasmasi,   kesma harflar,  “Alifbe” kitobi  va  darslikka  mos  rasmlar.

Dars  turi:  noan’anaviy;

Dars  usuli:   musobaqa,

Darsning  borishi

  1. Tashkiliy qism:    a)  Salomlashish

в)   Davomatni  aniqlash;

с) Tozalikni  nazorat  qilish;

  1. d) O‘quvchilarni  dars  boshlashga  tayyorlash

1-boshlovchi:  Ko‘p  ma’noli  so‘zingiz

Nur to‘la  ko‘zingiz

Bilim  bergan  o‘zingiz

Bayramingiz  muborak!

2-boshlovchi: Ilohim  mingga  kirib,

Sog‘u  salomat  yuring

Davr-u  davronlar  suring

Bayramingiz  muborak!

Zahro:    Qalbingizda  gullar  ochilgan  qiyg‘os

Qancha  ta’zim qilsak bo‘lar  shuncha  oz.

Hayot  yo‘llarini  yoritgan  oftob

Suyugimsiz, buyugimsiz, azizim  Ustoz!

Sherali:  Quyosh  kabi  yorug‘  yuzingiz

Ona kabi  mehribon inson

Omon  bo‘ling  doimo har  on.

Charos: Nigohida  ma’no  bor

Yuzidan  nur  porlaydi

Ustozdan olgan  bilim

Ezgulikka  chorlaydi

Isroil:  Qo‘limda qalam  tutib,

Bir  harf  yozishim  kutib

Onamdek  mehribonsiz,

Ota  kabi  ulug‘

 

  1. O‘tilgan mavzuni  so‘rash

O‘quvchilar  avvvalgi  darsda  o‘tilgan   tovush,  harflarni  takrorlaydilar,  o‘rganilgan  harflarni “Harflar  tasmasi” dan   o‘qiydilar.  Shundan  so‘ng   unli  va  undosh  tovushlar  haqida  svol-javoblar  o‘tkaziladi. Kesm  harf  va  bo‘g‘inlardan  so‘z  tuza  oladilar.

1-o‘quvchi:    Nechog‘  baxtiyorman ta’zimda  shu  chog‘

Sizning  sha’ningizga  bitmoqda  baxt

Ne odam  bo‘lardim  qo‘limda kitob

Siz-ku “Alifbo”dan qomusgacha  to

Bari – barisini  tanitgan ustoz.

Ilk bor siz   ko‘rsatgan  hurafshon Zuhro

Bu  kun  she’rim  ichra tashbehdir  ustoz!

2-o ‘quvchi:  Siz  mo‘’jaz yurakda  yo‘qolgan  yog‘du

Oqibat  quyoshdek socha olar  nur

Buyuklar   haqiga   qasamiyod   gap  bu

Sizdan  boshlanadi  asli  Tafakkur

Olamda  ko‘p  erur   muborak  onlar.

Tabarruk  zotlar  ham  garchand  ko‘p  erur

Sizgadir ilk rahmat aziz insonlar

Munis  muallimlar,  sizga   tashakkur.

 

  • Yangi mavzu  bayoni

Yangi  mavzuni  quyidagi  o‘yindan     foydalangan  holda  boshlash  o‘quvchilarning  diqqatini bir  yerga  jamlaydi, yangi  bilim  olishga  bo‘lgan  ishtiyoq  va  qiziqishini  oshiradi.

“So‘zdab  tovushni  ajratib  ol!”  o‘yini

O‘quvchilar  diqqatini  doskada  ilingan “Lola”  rasmiga  jalb qilinadi.  Ular “Lola”    so‘zini  butunligicha   va  bo‘g‘inlarga   bo‘lib  talaffuz  qilishlari  kerak.  O‘quvchilar  dastlab  birgalikda,  keyin  yakka  tartibda  bu  so‘zni takrorlaydilar. Shuniningdek quyidagi  savol  va  topshiriqlarni   berish  mumkin.

O‘qituvchi:  “Lola”  so‘zi  necha  bo‘g‘indan  iborat

O‘quvchi:  “Lola”  ikki  bo‘g‘inli  so‘z

O‘qituvchi:  Bu  so‘zda  nechta  tovush  va  bo‘g‘in  bor?

O‘ quvchi:

 

O‘qituvchi   “Lola”   so‘zini qayta   talaffuz  qiladi.  Va  shu  so‘zdagi ajratib  aytiulaaaayotgan  tovushni   topishni  so‘raydi.  O‘quvchilar  diqqat  bilan  quloq  solishadi, ikkala  bo‘g‘inda  ham “L”  tovushi  ajratib  aytilganini  aniqlashadi.

Keyin   o‘quvchilarga  “L”  tovushi  va  unga   xos   xususiyatlar  haqida  tushunchalar  beriladi.

O‘qituvchi:  Aziz    bolalar “L”  tovushini aytganingizda   og‘zingiz  ochilib, tilingiz  yuqori  tanglayga  tegadi. “L”  tovushini  cho‘zib  aytib  bo‘lmaydi.

O‘quvchilar  oynachalarga  qarab  “L”  tovushini  talaffuyz  qiladilar.

O‘qituvchi “L” harfini  ko‘rsatadi.

Xattaxtaga  u qatnashgan  so‘zlarni  yozadi.  So‘z  necha  bo‘g‘in  va  tovushdan   iboratligini,  bu  tovushlar  qaysi  harflar  bilan  ko‘rsatilganligini  aytadi.

Dam  olish  daqiqasi

Boqqa  kirsam  olmalar

Qip-qizarib  pishibdi

Silkitibdi  shamollar

Yerga to‘p-to‘p tushibdi.

Bo‘g‘in  tuzish

O‘quvchilar   o‘qituvchi boshchiligida  unli harflar  bilan “L”  tovushidan   foydalanib  bo‘g‘inlar  tuzadilar”:  lo,  la,  li, lu, lo‘

Bu  bo‘g‘inlarni  avval   o‘qituvchi  o‘qib  beradi,  keyin  o‘quvchilar   navbat  bilan  o‘qiydilar.  Shu  o‘rinda  bo‘g‘inlar  ishtirokida  so‘zlar  tuzish  topshirig‘I  beriladi.  O‘quvchilar “Lola”,  “Lagan” ,  “Ali”  kabi  so‘zlarni  aytadilar.

“So‘z  tuzish”  o‘yini

Xattaxtada  yozma  harflar  bilan “Oila”, “Ona” “ana”, “bola”, “Ali” so‘zlari  ilingan, o‘quvchilar  kesma  harflar  yordamida  shu  so‘zlarni  yozadilar. “L”  harfi  so‘zning qayerida   kelayotganini aniqlaydilar.

  1. Mustahkamlash va  yakunlash
  • Bugun qaysi  tovushni  o‘rgandingiz?
  • “L” tovushini o‘rgandik
  • “L” tovushini talaffuz  qilib  ko‘ring-chi.
  • “L”. “L”
  • “L” tovushini  cho‘zib  aytsa  bo‘ladimi?
  • Yo‘q
  • Cho‘zib aytilmaydigan tovushlarni qanday  tovushlarga  kiritamiz?
  • Undosh tovushlar

 

O‘qituvchi  “L”  harfining  o‘rnini  harf  tasmasidan  ko‘rsatadi.  Bosma  harf  bilan  yozishlarini aytadi.

“Lola  terish”  o‘yini

Bunda  harf  kassasiga  yoki  magnit doskalarida  qog‘ozdan  yasalgan  lolalar  joylashtiriladi.  Ular  orasida  turli  savollar  bo‘ladi.

O‘quvchilar  savollarni  olib  javob  beradi  va lolani  uzishi  mumkin bo‘ladi. Savollarga  javob  bera  olmasa  lolalar  joyida  qoladi.

Savod  o‘rgatish    jarayonida  lolalar orasida  bo‘g‘inlar  beriladi,  o‘quvchilar ikkinchi   bo‘g‘inni aytib  lolani  uzib  qaytadi.  Agar  topolmasa lolani  uzmaydi. Masalan bo-la, ol-ma, o-na

Bu kabi  o‘yinlardan  foydalanish  yangi  mavzuning  o‘quvchilar  xotirasida  mustahkam  o‘rnashishiga  xizmat  qiladi.

Dars  yakunida  o‘quvchilar ning  ballari  yig‘iladi  va  baholanadi.

  1. Uyga

“L” , ‘l’  tovushini  mustahkamlash.